Seulda Shavkat Mirziyoyev va uning rafiqasini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar yakunida esa Shavkat Mirziyoyev va Mun Chje In strategik sheriklikni chuqurlashtirishga oid qo‘shma bayonotni qabul qildi. Qolaversa, AKT, «aqlli» qishloq xo‘jaligi sohalariga oid memorandumlar, Iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasi bilan hamkorlikda tibbiy uskunalar yetkazib berish to‘g‘risida bitim imzolandi.
17 dekabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In Seulda sammit o‘tkazadi. Ular davlatlar o‘rtasida «kelajakka qaratilgan va o‘zaro manfaatli» hamkorlikni kengaytirish chora-tadbirlarini muhokama qilishlari kutilmoqda.
Dekabr oyida O‘zbekiston prezidentining Janubiy Koreyaga rasmiy tashrifi rejalashtirilgan. Bu haqda Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje Inning O‘zbekiston rahbariga yo‘llagan tabrigida aytildi.
O‘zbekiston prezidenti «Yashil o‘sish va global maqsadlar uchun hamkorlik — 2030» (P4G) xalqaro sammitida ishtirok etdi. Shavkat Mirziyoyev mintaqada iqlim o‘zgarishlari ta’sirida transchegaraviy daryolar oqimi va biologik xilma-xillik qisqarayotgani bo‘yicha xavotirda ekanligini ma’lum qildi. U «yashil iqtisodiyot»ni barpo etishga yoshlarni jalb etish bo‘yicha maxsus dasturni amalga oshirish tashabbusini ilgari surdi.
Ilgari erishilgan kelishuvlarga muvofiq, O‘zbekiston va Koreya prezidentlari onlayn uchrashuv o‘tkazadi. Kun tartibidan strategik sheriklik munosabatlari o‘rin olgan. Sammit yakunida esa yangi tashabbuslarni ilgari surish ko‘zda tutilgan hujjatlar imzolanadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting